12:46 / 29.09.2017
7579

Apple bolalar, egizaklar va yaqin qarindoshlarga Face ID’ni ishlatmaslikni maslahat berdi

Foto: Apple Insider

Yangi iPhone X’da paydo bo‘lgan Face ID yuzni farqlash funksiyasi yaqin qarindoshlar, masalan, aka-ukalar va opa-singillar bilan, shuningdek, 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar hamda egizaklar bilan ishlashda xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Bu holatlarda, Apple telefonni ochish tizimining ishlamasligi yoki yolg‘ondan ishlab ketishidan qochish uchun boshqa himoya usullarini qo‘llashni taklif qilmoqda. Ular orasida – raqamli kod bor.

Ilgari Apple Face ID yuzlarni farqlash tizimi boshqa shunga o‘xshash ishlanmalardan sezilarli darajada yaxshiroq ekani va milliontadan bitta holatda ishlamasligi mumkin ekani haqida iddao qilgandi. Kompaniyaga ko‘ra, uni fotosurat yoki niqob yordamida aldab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, agar foydalanuvchi soqol o‘stirsa, shlyapa kiyib olsa yoki ko‘zoynak taqib olsa ham tizim ishlaydi. Bunga muvaffaqiyatli ochilganidan keyin telefon egasining yuzi suratlari asosidagi uzluksiz avtomatik o‘rganish tizimi orqali erishiladi.

Apple kompaniyasi iPhone X’ni 2017 yil 12 sentabrda taqdim etdi. Telefon kompaniyaning avvalgi ishlanmalaridan yuqori narxi, Face ID yuzlarni farqlash funksiyasi va qurilmaning deyarli butun old yuzasini egallagan ekran kabi yangi texnologik yechimlar bilan ajralib turadi. U 2017 yilning noyabrida sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid
Top