Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bilan chegaradagi «Rishton» chegara posti ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mamlakatlarning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish kabi xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamladi.
Eng muhimi, o‘tmishi va kelajagi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi milliy munosabatlarda azaliy do‘stona mehr- oqibat, o‘zaro xayrixohlik, ishonch va samimiyat yana o‘z o‘rnini topdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 6 sentabr kuni Andijon viloyatining qo‘shni davlat bilan chegaradosh “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 20 sentabr kuni Namangan viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Kosonsoy” chegara bojxona posti faoliyati qayta tiklandi.
2017 yilning 25 sentabr kuni soat 12.00 dan boshlab esa Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarufidagi “Rishton” chegara bojxona posti Farg‘ona viloyati Rishton tumani hamda Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy rayoni fuqarolari piyoda harakatlanishlari uchun ochildi. Bu esa o‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligi jipsligi hamda hamjihatligi yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam buldi.
Ma'lumot uchun: “Rishton” chegara bojxona posti orqali hozircha fuqarolar piyoda harakatlanishlari uchun ochiq. Post ish tartibi soat 07.00 dan 19.00 ga qadar belgilandi. 25 sentabr kuni soat 12.00 dan 15.00 ga qadar post orqali kirishga 40 dan ortiq fuqaro harakatlangan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026