Oddiy bir to‘p o‘yini Stiven Jyerrard va Adam Lallana kabi Angliya futboli afsonalari uchun ko‘rish burchagi qanchalik muhimligini ko‘rsatdi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi LG Nano Cell (SM) Super uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, unda jahonga mashhur yulduzlar Stiven Jyerrard va Adam Lallana noyob penaltilar seriyasida o‘zaro bahslashdi. O‘yin YouTube kanali, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida 100 milliondan ko‘proq tomosha qilindi va 4 milliondan ziyod izohga sabab bo‘ldi. LG roligi shu qadar ommalashdiki, avgust oyining ikkinchi va uchinchi haftalarida Advertising Age jurnali versiyasi bo‘yicha virusli video xit-paradida yetakchiga aylandi.

LG Nano Cell super o‘yini ijtimoiy tarmoqlarda katta reaksiyaga sabab bo‘ldi va bunday yuqori daraja bir qator omillarning o‘zaro uyg‘unlashgani sabab kelib chiqdi. Birinchidan, LGNanoCell supero‘yini Stiven Jyerrard va Adam Lallananing yorqin futbol mahoratini namoyish etdi. Ikkinchidan, Ali-A, ChrisMD va Freekickerz kabi keng onlayn auditoriyaga ega bo‘lgan ba'zi YouTube foydalanuvchilari o‘yinda ishtirok etishdi va bu jarayonda nimalar sodir bo‘layotganini sharhlab borishdi. Ammo super o‘yinning muvaffaqiyati LG’ning Nano Cell televizorlariga ega oddiy maydonga bog‘liq bo‘lib, u har qanday burchakdan aniq rangni ko‘rsatish ham maydonda, ham uyda muhim ustunlikni berishini ko‘rsatdi.

Foto: LG

Jyerrard va Lallana butun dunyo bo‘ylab millionlab kuzatuvlarni to‘plab olgan videoda (havola) birinchi darajali mahoratni ko‘rsatadilar: ekranga 60 darajali burchak ostida turib, ular to‘pni ma'lum bir sektorga aniq yo‘llashdi. Maydonning o‘rtasiga joylashtirilgan ikki tomonlama ekran kichik kvadratlarga bo‘lingan bo‘lib, unda futbolchi olgan ochkolar soni plyus yoki minus belgisi bilan ko‘rsatildi. Maydonning ekrani oddiy suyuq kristalli displeylardan iborat bo‘lgan tomonidan o‘ynab, Jyerrard va Lallana ochkolarni qiyinchilik bilan olishdi, sababi ekrandagi son ijobiy yoki salbiq bo‘layotganini ko‘ra olishmadi.

Biroq, bu maydonning Billion Rich Colors («Boyitilgan milliard ranglar») texnologiyasiga ega Nano Cell SUPERUHD displeylari bilan jihozlangan tomonida sodir bo‘lmadi, ular har qanday burchakda o‘yinchilarga ko‘rinar edi. Nano Cell displeylari ekrandan 60 darajalik burilish bo‘lsa ham, mukammal tasvir sifatini saqlanib turadi. SK-televizorlarda esa ko‘rish burchagi cheklangan bo‘lib, 30 darajalik burilishda rang berish yomonlashadi: ranglar xiralashadi va hatto qisman yo‘qoladi.

«LG SUPER UHD NanoCell displeylari bo‘lgan tomonda o‘ynab, birinchi bosqichdan keyin hisobni ko‘rganimda, Lallananing qobiliyatlari maydonning qolgan yarmida yo‘qolganidan hayron bo‘ldim, - dedi Jyerrard. - Biroq biz joylarni o‘zgartirgandan so‘ng, qayerga zarba berishni ko‘rish qanchalik qiyin ekanligini angladim. Bu g‘ayritabiiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday burchak ostida ekranda nima borligi yoki yo‘qligi ko‘rish - ochkolarni to‘plash yoki uyda televizorda ko‘rishda o‘ta muhim».