Nigeriyada prezidentlik saylovlari 2019 yil 16 fevralda bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qildi mamlakatning mustaqil milliy saylov komissiyasi.

Nigeriyaning amaldagi prezidenti Muhammad Buxoriy may oyida Buyuk Britaniyaga tibbiy maslahat olgani ketib, Nigeriyaga avgustning yarmidagina qaytib kelgan. Bu vaqtda uning o‘rnini mamlakat vitse-prezidenti Yyemi Osinbado egallagan.

Hozircha 74 yoshli prezident mamlakat rahbari lavozimiga ikkinchi marotaba nomzodini qo‘yishi rejalari haqida hech narsa aytmagan.