09:40 / 29.09.2017
7484

Putin va Erdo‘g‘an Iroq va Suriyaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdi

Foto: Reuters

RF va Turkiya jumhuriyati prezidentlari Vladimir Putin va Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Iroq va Suriya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdi. Erdo‘g‘anning muzokaralar yakuni bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida kurdlar referendumi katta xato bo‘lganini ta'kidladi.

"Bugun biz Suriya va Iroqni muhokama qildik. Iroq va Suriya hududiy yaxlitligini saqlab qolish zarur, degan fikrga keldik. Referendum hech qanday qonuniy kuchga ega emas. Shimoliy Iroq hukumati katta xato qildi. Bizning mintaqamizni alanga domida qoldirishga hech kimning haqi yo‘q", — degan Erdo‘g‘an jurnalistlarga. 

Iroq Kurdistonida o‘tkazilgan referendum masalasida Vladimir Putin ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Albatta, Iroq Kurdistonida bo‘lib o‘tga referendum bilan bog‘liq vaziyatni ham muhokama qildik. Rossiyaning bu boradagi tutgan qarashi yaxshi ma'lum — u Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi bayonotida o‘z aksini topgan. Bugun biz bu masalada janob Erdo‘g‘an bilan batafsil gaplashdik" — degan Putin. 

Top