17:51 / 29.09.2017
6062

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Novosibirskka reyslarni ko‘paytirmoqda

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 2017 yil 7 oktabrdan 28 oktabrgacha Toshkent - Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha uchinchi parvozlar chastotasini joriy etmoqda.

Aviakompaniya ushbu qarorning qabul qilinishi Toshkent - Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchi tashish hajmining oshishi bilan bog‘liqligini ta'kidladi.

Parvozlar shanba kunlari qulay A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali:

NY 667 Toshkent - 11:10’ Novosibirsk - 16:00’ 
NY 668 Novosibirsk - 17:30’ Toshkent - 18:35’

Mavzuga oid
Top