Xalqaro Press-klubning 29 sentabr kuni bölib ötgan navbatdagi anjumanida AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Pamela Spratlen xonim Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib, Orol muammosini kötargani örinli bölganini qayd etdi. Bu haqda KUN muxbiri xabar beradi.
"Özbekiston Prezidentining BMT minbaridan turib, Orol muammosini kötargani xalqaro hamjamiyat uçun ahamiyatli böldi. Men özim Orol dengiziga borib, u yerdagi açinarli holatni öz közlarim bilan körib keldim. Orol dengizi bu nafaqat Özbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning muammosidir", - deya qayd etdi AQŞ elçisi.
Şuningdek, Spratlen xonim sözlariga köra, Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi çoğida Özbekistondagi demokratik islohotlarning izçil rivojlanişi, mamlakatdagi siyosiy faollikning oşişi, inson manfaatlarining himoyasi haqida ham töxtalib ötgani muhim ahamiyat kasb etdi. AQŞ Özbekiston bilan barça sohalarda keng qamrovli hamkorlikka umid qiladi.
"AQŞ va Özbekiston örtasida 2,5 milliard dollar qiymatidagi bir qator hujjatlarning imzolanişi mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarning yanada yaxşilanişiga hissa qöşadi", dedi Pamela Spratlen xonim.













