15:53 / 30.09.2017
42483

Avtoutilizatsiya qilish O‘zbekistonda ilk bor «Tabiatga imkon bering» loyihasi tomonidan yo‘lga qo‘yildi

Foto: Gazeta.kg

Ekologiya va atrof-muhitni asrash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat qo‘mitasi hamda «Toshrangmetzavod» hamkorligida «Tabiatga imkon bering» loyihasi yurtimizda ish boshlagani haqida avval xabar berilgandi.

Joriy yil boshida ish boshlagan ushbu loyiha yuridik hamda jismoniy shaxslarning eski elektrotexnikalarini utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanardi. Bunda, uzoq payt chiqindi bo‘lib qolib ketsa, o‘zidagi metall va plastmassadan zararli moddalar ajratib chiqaradigan eski texnikalarni atrof-muhitga zarar keltirmaydigan usulda utilizatsiya qilish va bu bilan tabiatni asrashda hissa qo‘shish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga loyihada ishtirok etganlik uchun sovg‘a tariqasida yangi qurilmalar xaridi uchun chegirmali kupon taqdim qilinadi.

Yaqinda esa, Vazirlar Mahkamasining 11 sentabr, 2017 yildagi «Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 707-sonli qarori qabul qilinganligi bois, «Toshrangmetzavod Recycling» MChJ xizmatlari doirasini kengaytirdi va «Tabiatga imkon bering» loyihasi nomi ostida foydalanishga yaroqsiz avtomototranposrtlarni ham utilizatsiya qilishni boshladi.

Loyiha yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun xizmat ko‘rsatadi va jismoniy shaxslarning utilizatsiya qilingan avtomobillari uchun yangisini xarid qilishga chegirmali kupon beriladi.

Hozirgacha, «Tabiatga imkon bering» loyihasining avtoutilizatsiya yo‘nalishi bo‘yicha bir qancha tashkilotlar allaqachon ishtirok etib bo‘lishdi. Ular orasidan birinchi bo‘lib, bu loyihada Toshkent shahridagi 21-son bolalar musiqa va san'at maktabi qatnashib, eski avtobusni utilizatsiyaga topshirdi va o‘zining ekologiya hamda tabiatni asrashga befarq emasligini namoyish etdi.

Foto: Tabiatga imkon bering

Avtomobillarni utilizatsiyaga topshirish uchun quyidagi uchta oddiy bosqichdan o‘tish lozim:

  • Avtomobilni DAN hisobidan utilizatsiya uchun o‘chirtirish. Bunda vaqtingizni tejash uchun «Tabiatga imkon bering» loyihasi xodimlari barcha hujjatlarni tayyorlashda yordam berishadi;
  • Loyihaning qo‘ng‘iroqlar markazi bilan +998(71) 122-77-22 raqam orqali bog‘lanib, avtomobilni utilizatsiya qilish haqida operatorga ariza qoldirish;
  • Belgilangan vaqtda evakuatorni kutib olish va utilizatsiya qilinadigan avtomobilining oldiga yo‘naltirish.

Reklama huquqi asosida

Top