21:05 / 30.09.2017
13848

Xitoyda hayvonot bog‘idan 78 timsohcha qochib ketdi

Foto: shutterstock/anake seenadee

Xitoyning Sichuan viloyatidagi hayvonot bog‘idan 78 ta timsoh bolalari qochib ketdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Ma'lum qilinishicha, timsohlar ular saqlanadigan terrariumda ta'mirlash ishlari olib borilayotganda qochib ketgan. Hayvonot bog‘i 78 ta timsohdan 73 tasini ortga qaytara olgan.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, qochib ketgan timsohlar katta bo‘lmagunlarigacha inson hayotiga xavf solmaydilar.

"Qochoq" timsohlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan siam timsohlariga tegishli bo‘lib, Xitoyda bu timsohlar delikates hisoblanadi. Shuningdek, ular terisi sababli brakonerlar qurbonlariga aylanadilar. 

Top