22:20 / 30.09.2017
12257

Marsda yirik yog‘dulanish qayd etildi

Foto: nasa.gov

NASA mutaxassislari Marsda 2017 yil sentabrda Quyosh atmosferasidan modda otilishi sababli yuzaga kelgan kuchli yog‘dulanishni kuzatdilar. Marsdagi bunga o‘xshash hodisalardan 25 marta yorqinroq bo‘lib chiqqan yog‘dulanish AQShning MAVEN sun'iy yo‘ldoshi tomondan qayd qilingan.

Marsda Yerdagi kabi qutb yog‘dusining paydo bo‘lishiga olib keluvchi magnitosfera yo‘q. Yer va ba'zi boshqa sayyoralar, masalan Yupiterning magnit maydonlari yuqori energetik zarrachalar oqimini qutblarga yo‘naltiradi. Aynan bu yerda odatda yog‘dulanish yuz beradi. Marsda esa fotonlar uning nafaqat qutb qismlarini, balki butun atmosferasini bombardimon qiladi. OqibatdaMars gaz qobig‘ining yuqori qatlamlari ultrabinafsha spektridagi yorug‘likni chiqara boshlaydi.   

Olimlarning aytishicha, Marsdagi yog‘du sayyora sirtiga tushuvchi radiatsiya oqimining 2 marta kuchayishiga olib kelgan. Koinot qurilmalari tomondan olingan ma'lumotlar kelajakda Marsga yo‘l oluvchi fazogirlarning xavfsizlik tizimini yaratishga yordam beradi.

Quyoshda 10 sentabrda kuchli chaqnash yuz bergandi. 

Mavzuga oid
Top