18:30 / 01.10.2017
9625

Assanj Ispaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqarib yuborishga chaqirdi

© RIA Novosti / Aleks Maknoton

Wikileaks asoschisi Julian Assanj Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerga murojaat qildi va Ispaniyani Lissabon kelishuvining 2-moddasini ochiqchasiga buzgani uchun Yevropa Ittifoqidan chiqarishga chaqirdi.

"Hurmatli Jan-Klod Yunker. Bu "insoniylikka, erkinlikka va demokratiyaga to‘g‘ri keladimi"? 7-moddani ishga tushiring va Ispaniyani 2-moddani ochiq-oydin buzgani uchun Yevropa Ittifoqi a'zoligidan chiqaring", — deya yozgan Assanj tvitterida.

Bundan avvalroq Assanj Kataloniyadagi vaziyatni "dunyodagi ilk internet-urushi" deb atagandi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top