20:37 / 01.10.2017
10427

«Barselona» vitse-prezidenti «Las-Palmas»ga qarshi o‘yin qoldirilmagani uchun iste'foga chiqdi

«Barselona» vitse-prezidenti Karles Vilarrubi iste'foga chiqdi.

Bu Ispaniya chempionatining 7-turida «Las-Palmas»ga qarshi o‘yin oldidan ro‘y berdi. As xabariga ko‘ra, Vilarrubi klub rahbariyatining bugungi o‘yinni baribir o‘tkazishga qaror qilganidan norozi bo‘lgan. U Kataloniya aholisi jabr chekayotgan vaqtda o‘ynash to‘g‘ri bo‘lmasdi, deb hisoblagandi.

«Las-Palmas»ga qarshi o‘yindan oldin klub rahbariyati vakillari shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishgan. Yakunda o‘yinni muxlislarsiz stadionda o‘tkazishga qaror qilingan.

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu Vilarrubining ketganini tasdiqlamadi.

Kataloniyada Ispaniyadan mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ko‘chalarda aholi va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 400dan ortiq kishi jarohatlangan.

Top