23:35 / 01.10.2017
11696

Cho‘lda dengiz konteynerlaridan barpo etiluvchi antiqa uy loyihasi taqdim etildi

Borgan sari ko‘proq dizaynerlar ekologiyaga ko‘proq e'tibor qaratib, bizga tabiatga ziyon yetkazmagan holda kiyimdan tortib uylargacha taklif qilishmoqda.

Xususan, londonlik dizayner Jyeyms Uitaker 2018 yilda cho‘lda quriladigan yangi uy loyihasini taqdim etdi. Uy dengiz konteynerlaridan quriladi.

Foto: imgur.com
Foto: imgur.com

Umumiy maydoni 200 kvadrat metr bo‘lgan joyda uchta xona, vannaxona va mehmonlar xonasi joylashadi. Uyning o‘zi esa Janubiy Kaliforniyadagi cho‘lning 36 gektar yerida qad rostlaydi.   

Foto: imgur.com
Foto: imgur.com

Dizaynerning aytishicha, inshoot ko‘proq o‘zgasayyoraliklar uyiga o‘xshash bo‘ladi – bir nechta konteyner markazdagi bir nuqtada tutashadi. Bundan tashqari, inshoot atrofida o‘simlik va kichik qum tepaliklaridan boshqa hech narsa bo‘lmaydi.

Foto: imgur.com

Uyning o‘zini esa och ranglarda barpo etish rejalashtirilmoqda. Uning ichi ekologik sof materiallar bilan bezaladi. Yorqin rangdagi mebel o‘rnatish mo‘ljallangan.

Foto: imgur.com
Foto: imgur.com

Uitakerning g‘oyasiga ko‘ra, uyning barcha oynasidan cho‘lning go‘zal manzaralarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bino tomida quyosh panellari o‘rnatiladi.

Mavzuga oid
Top