21:23 / 01.10.2017
13375

«Paxtakor» Namanganda «Navbahor»ga yutqazdi

Bugun, 1 oktabr kuni Namanganda Oliy liganing 23-turida mahalliy «Navbahor» jamoasi «Paxtakor»ni mehmon qildi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim mehmonlar ustunligida boshlangan bo‘lsa-da, «Navbahor» hisobni ochdi. 57-daqiqada Mirzohid G‘ofurov chap qanotdan «Paxtakor» jarima maydoniga yorib kirib Lobanov darvozasini ishg‘ol qildi - 1:0.

72-daqiqada esa Ro‘zimboy Ahmedov namanganliklar jamoasining ikkinchi golini urdi - 2:0.

Bu mag‘lubiyatdan keyin Toshkent jamoasi 41 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi, «Navbahor» esa 36 ochko bilan yettinchi o‘rinda.

Oliy liga, 23-tur
«Navbahor» - «Paxtakor» 2:0

Gollar: G‘ofurov 57, Ahmedov 72
«Navbahor»: Hamroyev, G‘ofurov, Komilov, Mehmonov, Stanoyevich, O‘runov, Jabborov (s), Aliyev, Qilichev (Maxstaliyev 80), Turg‘unboyev (Boydedayev 90), R.Ahmedov (Yovanovich 75).
«Paxtakor»: Lobanov, Kozak, A'zamov, Simich (s), Hoshimov, Griffits, A.Ahmedov (Iskanderov 76), Nurullayev (Ibrohimov 66), Bezerra, Kanyuk (Hakimov 84), Sergeyev
Ogohlantirishlar: G‘ofurov 44, Bezerra 36, Stanoyevich 53, Qilichev 80

Top