23:11 / 01.10.2017
4512

RFPL. «Zenit» mehmonda ochko yo‘qotdi

Foto: Twitter/Zenit_spb

Rossiya chempionatining 12-turida "Zenit" "Anji" uyiga safar qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

20-daqiqada Danchenko mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 57-daqiqada Kokorin hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tgach, "Anji" Katsayevning goli yana evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida Paredes mehmonlarga durang keltirgan gol muallifi bo‘ldi. 

Yana bir uchrashuvda TsSKA o‘z maydonida "Ufa"ni qabul qilib, golsiz durang qayd etdi. 

Shuningdek, "Lokomotiv" o‘z maydonida "Dinamon"ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. 

Gollarga Fernandesh, Eder hamda Miranchuk mualliflik qildi. 

Anji – Zenit 2:2 
Gollar: 1:0 – 20 Danchenko, 1:1 – 57 Kokorin, 2:1 – 59 Katsayev, 2:2 – 85 Paredes.
Anji – Budakov, Samardjich (Katsayev, 46), Tetrashvili, Poluyaxtov, Fibel, Bakayev, Danchenko (Xubulov, 84), Yakovlev, Bryzgalov, Markelov, Prudnikov (Dibirgadjiyev, 72).
Zenit –    Lunev, Mevlya (Driussi, 80), Krishito, Ivanovich, Mammana, Paredes, Kranevitter (Kuzyayev, 52), Yeroxin, Kokorin, Poloz (Rigoni, 62), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Fibel (13), Markelov (23), Kranevitter (36), Danchenko (81), Rigoni (90).

TsSKA – Ufa 0:0 
TsSKA – Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy (Ignashevich, 46), Kuchayev, Fernandes, Natxo, Vernblum (Milanov, 76), Golovin, SHCHennikov, Vitino, Jamaletdinov (Chalov, 69).
Ufa – Belenov, Tumasyan, Tabidze, Alikin, Paurevich, Jivoglyadov, Yokich, Vanek (Karp, 84), Stotskiy, Igboun (Fatai, 80), Sysuyev (Oblyakov, 67).

Lokomotiv – Dinamo 3:0
Gollar: 1:0 – 24 Fernandesh, 2:0 – 33 Eder, 3:0 – 58 Miranchuk.
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev (Rotenberg, 82), Kverkveliya, Peychinovich, Lysov (Denisov, 46), Miranchuk, Tarasov (Barinov, 84), Denisov, Fernandesh, Miranchuk, Eder.
Dinamo – Shunin, Kozlov, Xolmen, Shunich, Terexov, Tiam, Sou (Zotov, 15), Temnikov (Tashayev, 65), Lutsenko, Sosnin, Bechiray (Obolskiy, 74).
Ogohlantirish: Denisov (62).

Top