00:42 / 01.10.2017
11251

Shimoliy Koreya yetakchisi niqoblari Xellouin bayrami arafasida sotuvga chiqdi

Joriy Xellouin bayramida eng ommaviy kostyumlardan biri Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qiyofasi bo‘ladi, deb xabar bermoqda The Sun nashri. Uning yuzi tasvirlangan niqob eBay savdo maydonchasida ommaviylikka erishdi.

Lateksdan ishlangan bu niqob har qachongidan dolzarb ko‘rinishga ega. Niqob 30 dollar turadi. 

Foto: imgur.com

Bu niqobni yuziga tutishni istayotgan, biroq katta pul to‘lashga tayyor bo‘lmaganlarga niqobning kartondan ishlangan nusxasi 4 dollardan taklif qilinmoqda.   

Foto: imgur.com

Kim Chen In qiyofasi Xellouin ramzi sifatida qo‘llanayotgan yagona niqob emas. 

Mavzuga oid
Top