Paxta terimidagi to‘lovlar, Kurdiston referendumi, Romitandagi zaharlanish - Kun.uz muhokamasida
Saytimiz ijodkorlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e’tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining oltinchi soni tayyor bo‘ldi va u an’anaviy tarzda KUN.UZ jurnalistlari Xurshid Daliyev va Alisher Ro‘zioxunov tomonidan olib borilgan.
Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri — Markaziy Bank raisi o‘rinbosari tomonidan barcha tijorat banklari xodimlari paxta terimiga 5 nafardan terimchi yollashi haqida yo‘llangan xati bo‘ldi.
Shuningdek, ko‘rsatuv mobaynida quyidagi voqea-hodisa hamda yangiliklar tahlil etilgan:
- Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi hamda murabbiylarga tabrik yo‘lladi, sohada mehnat qilayotgan ustozlardan bir guruhi mukofotlandi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017 yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi;
- «LUKOYL» O‘zbekistonda 2022 yilga qadar loyihalarga 3 milliard dollarlik investitsiya kiritadi;
- LexUz’ga respublika normativ-huquqiy hujjatlarini rasmiy e’lon qilish manbasi maqomi berildi;
- Tibbiyot sohasidagi yangiliklar: Ijtimoiy dorilar olish uchun budjetdan 240 mlrd. so‘m ajratiladi va Vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini 100 ballik tizim bo‘yicha baholashadi;
- Borovskiy nomidagi kollej talabasi Jasurbek Ibrohimov jinoiy ishi bo‘yicha sud eshituvlari bo‘lib o‘tmoqda;
- 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ayrim akademik litseylar yopiladi va 2017/18 o‘quv yilidan boshlab esa barcha akademik litseylarda o‘qish 2 yillik bo‘ladi;
- To‘rtta viloyatda mikrogidro elektr stansiyalari quriladi;
- Nurullo Otaxonov qo‘lga olinishiga Ichki ishlar organi vakili tomonidan rasman izoh berildi;
- Toshkent shahrida Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga eltuvchi Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgich ochildi.
Odatdagidek, «Hafta yangiligi», «Hafta tayinlovi», «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni» va «Hafta antiqahramoni» nominatsiyalari bo‘yicha fikr yuritilgan.
Ko‘rsatuv so‘ngida har doimgidek, qisqacha futbol xabarlariga o‘rin ajratilgan
«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

22:10 / 01.06.2025
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti

09:39 / 25.05.2025
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

21:33 / 10.05.2025