19:56 / 02.10.2017
14831

AQSh Afg‘oniston, Iroqdagi operatsiyalar va IShIDga qarshi kurashga qancha mablag‘ sarflagani hisoblab chiqildi

Foto:AP Photo/Hoshang Hashimi, File

Afg‘oniston, Iroq va boshqa bir qator davlatlardagi harbiy operatsiyalar va IShIDga qarshi kurash AQShga 2001 yildan shu kungacha 1,7 trln dollarga aylangan. Bunday baholashni Nortxemptonda (Massachusets shtati) joylashgan "Loyiha – milliy ustuvor vazifalar" tadqiqot tashkiloti mutaxassislari berishgan. Bu tashkilot davlat byudjyeti xarajatlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. 

Tashkilot o‘z saytida real vaqtda AQSh jami urushlarga va Afg‘oniston, Iroqdagi va IShIDga qarshi alohida kampaniyalarga qancha mablag‘ sarflagani ko‘rsatib turiladigan bir nechta elektron tablo o‘rnatgan. 

Mutaxassislar fikricha, Vashington 2001 yil oktabrda boshlagan Afg‘onistondagi urushga 785 mlrd dollar sarflagan. "AQSh soliq to‘lovchilari bu operatsiyaga har soat 4 mln dollar to‘lab boradilar", deyilgan saytda.

2003 yil martida Iroqda boshlangan urushga deyarli 821 mlrd dollar sarflangan. IShID bilan kurashga qarshi esa 17 mlrd dollar ketgan va "soliq to‘lovchilar IShIDga qarshi harbiy harakatlarga har soat 615,5 ming dollar to‘laydilar", deb aytganlar mutaxassislar.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular o‘z hisob-kitoblarida Pentagonning rasmiy ma'lumotlarigagina tayanishgan va Markaziy razvedka boshqarmasi hamda boshqa razvedka idoralari bo‘yicha harbiy operatsiyalarga ketgan maxfiy xarajatlar va yaqin 40 yil ichida halok bo‘lgan harbiylar oilalariga tovon puli to‘lash, urush faxriylarini davolash, o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy texnikani almashtirishga ketadigan xarajatlar hisobga olinmagan.    

Ta'kidlanishicha, agar bu xarajatlarning barchasi hisobga olinsa, umumiy qiymat 5 trln dollarga yaqinlashib qoladi. 

1 oktabrda boshlangan 2018 moliyaviy yil uchun AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati kongressdan harbiy operatsiyalarga qo‘shimcha yana 65 mlrd dollar so‘ragan.

Avvalroq AQSh kongressi tadqiqotchilik xizmati mutaxassislari AQShning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki 2008 yilgi narxlarda 4,1 trln dollarni, Vetnamdagi urushga ketgan xarajatlari 686 mlrd dollarni, Koreya yarimorolidagisiga 20 mlrd dollarni, Birinchi jahon urushidagi ishtiroki esa 253 mlrd dollarni tashkil qilganini hisoblab chiqishgan.

Mavzuga oid
Top