Birinchi arman elektromobili yaratildi
Armanistonda ilk haydovchisiz elektrokar yaratildi. Avtomobil prototipi Yerevandagi DigiTec-2017 texnologiyalar ko‘rgazmasida namoyish qilindi.
Avtomobil armanistonlik muhandislar va tadbirkor David Gevorgyan tomondan yaratilgan. Mashina soatiga 90 km tezlik bilan yura oladi, biroq bir quvvatlanishda 40-50 km yo‘l bosadi. Kelgusida muhandislar yurish zaxirasi ko‘rsatkichini 200 km gacha yetkazishmoqchi. Mashina akkumulyatorlari 2-3 soat davomida quvvatlanadi.
Naked Science nashrining ma'lum qilishicha, Armanistonda mashinaning quvvatlash va tormoz tizimlari ishlab chiqilgan, elektrodvigatel va batareyalar komplekti xorijiy kompaniyalardan sotib olingan.
Mashina videokamera va radar bilan jihozlangan va buning evaziga u obektlargacha bo‘lgan masofa va ularning harakatlanish tezligini aniqlay oladi. Avtopilot tizimi hozirda laboratoriyadagi maxsus trenajyorda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Gevorgyanning aytishicha, mashina narxi 6-8 ming dollar turadi. Biroq model seriyali ishlab chiqarishga qo‘yilganda uning narxi kamayadi. Hozirda mashinani ishlab chiqarish uchun sarmoyalar qidirilmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024