Jahon | 15:53 / 02.10.2017
5879
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning yirik aviakompaniyasi bankrotga uchradi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyada charter reyslar bilan shug‘ullanuvchi Monarch Airlines aviakompaniyasi parvozlarni to‘xtatdi. UK CAA shu haqida xabar berdi. 

Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining hisob-kitoblariga ko‘ra, xorijda Buyuk Britaniyaga qaytishi kerak bo‘lgan 110 ming kishi Monarch Airlines reysi chiptalari bilan qolib ketgan. Bundan tashqari, shu aviakompaniya reyslari uchun yana 300 ming chipta band qilingan. 

Ta'sir doirasiga tushgan yo‘lovchilar soniga ko‘ra, gap Buyuk Britaniyadagi aviakompaniyaning eng yirik tanazzuli haqida ketmoqda. 

Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Monarch Airlines yo‘lovchilarini qaytarish uchun 30 dan ortiq samolyotni jalb qilishni so‘rab hukumatga murojaat qilgan. 

2 oktabrga o‘tar kechasi Monarch Airlines aviakompaniyasining sayohatlar tashkilotchisi sifatidagi xizmatlar taqdim etish litsenziyasining muddati tugadi. Aviakompaniya litsenziya muddatini uzaytira olmadi. 

Monarch Airlines aviakompaniyasi 1968 yilda tashkil topgan. U Londonning Luton aeroportida joylashgan bo‘lib, umumiy hisobda Buyuk Britaniyaning besh aeroportidan 40 yo‘nalish bo‘yicha reyslarni amalga oshirardi. Aviakompaniyada 2,7 ming kishi faoliyat yuritadi. 

Mavzuga oid