Sport | 11:32 / 02.10.2017
9741
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin ATR reytingida yuqoriladi

Professional tennischilar assotsiatsiyasi ATR 2 oktabr kuni uchun tennischilarning haftalik yangi reytingini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan haftada Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tgan ATR turnirida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin reytingda 25 pog‘onaga yuqorilab, 53-o‘ringa ko‘tarildi. Denis hisobida endi 915 reyting ochkosi bor. 

Yangilangan reytingning yuqoridagi o‘nligida hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Reytingda hamon ispaniyalik Rafael Nadal (9465 ochko) yetakchilik qilmoqda. Kuchli uchlikni shveysariyalik Rojyer Federer (7505) va britaniyalik Endi Marrey (6790) to‘ldirgan.

Mavzuga oid