15:22 / 02.10.2017
8577

Idora va uyda dam olish uchun bir o‘rinli chodir ishlab chiqildi

Shved startapi Pause Pod nomli loyihasini yo‘lga qo‘yib, bir kishilik chodir ishlab chiqarishga kirishdi. Pause Pod ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotiga "dam olish uchun dunyodagi ilk xususiy maydon" deya ta'rif berishmoqda. Chodir qayerda bo‘lmasin, kishilarga biroz "tanaffus qilish" imkonini beradi. 

Indiegogo kraudfanding maydonida Pause Pod tavsifida chodir egasi o‘zini tashqi yorug‘lik va tovushlardan to‘liq cheklashi mumkinligi aytiladi. Buning uchun chodirga kirib joylashilsa bas. Bundan tashqari, unda oyoqlar uchun maxsus yig‘iladigan qopcha mavjud bo‘lib, u oyoqlarni to‘liq cho‘zib yotish imkonini beradi. Loyiha mualliflari Pause Pod'ni 99 dollarga xarid qilishni taklif qilishmoqda. 

Xaltaga joylangan Pause Pod

Pause Pod'dan foydalanish variantlaridan biri

Pause Pod'ga Twitter foydalanuvchilari ham e'tibor qaratishdi. Sharhlovchilarning ko‘pchiligi bu oddiy chodir ekanligini aytib, fikr bildirishdi. Ba'zilarni bunday g‘oyaning tug‘ilish masalasi qiziqtirib qoldi.

"Qoyil, hech qachon bunday narsa ko‘rmagandim"

"Sen chodirni qayta qura olmaysan, bahs boylaymizmi? Chaqiriq qabul qilindi"

"Chodir. Buning nomi chodir"

"Choyshabingiz yetarlicha qulay bo‘lmasa, shunchaki chodirni oching"

"Amerika ishchi madaniyatiga tushlikdan keyingi uyqu zarur ekaniga qat'iy ishonaman, biroq agar bu chodirni idorada ko‘rsam, uni ag‘darib tashlayman"

"Taassufdaman, lekin ajablanmadim"

"Kimdir miyasiga fikrlar to‘lqini kelganda "Nima uchun banan yeyish mumkin bo‘lgan joy o‘ylab chiqarmasligimiz kerak?"deganga o‘xshaydi

"Idorada atrofdagilarning e'tiborini jalb qilmay, chodir o‘rnatish uchun ish qay darajada qat'iy tartibli bo‘lishi kerak"

"Nihoyat, ishxonada sharbat tayyorlaydigan uskunamdan foydalanish uchun joy topildi"

Pause Pod yaratuvchilaridan biri BuzzFeed bilan suhbatda bu darhaqiqat chodirning bir turi ekanini tasdiqladi. U loyiha mualliflari uni shundan boshqa nom bilan atamaganini ta'kidladi. Nashr suhbatdoshining izoh berishicha, loyihaning asosiy maqsadi - "stress to‘la jamiyatga nur olib kirish" va odamlarga ko‘proq dam olish hamda quvvat yig‘ish zarurligini yodga solib turish.

Kompaniya maktab va tashkilotlarni ham Pause Pod bilan ta'minlashni niyat qilgan, u yerlarda, masalan, boshpanasiz qolgan odamlar yoki autizmga chalinganlar chodirdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top