Jahon | 00:05 / 02.10.2017
15684
2 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyada mustaqillik bo‘yicha referendum yakunlandi, jabrlanganlar soni 761 nafarga yetdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqillik bo‘lishi bo‘yicha referendum yakunlandi, saylov uchastkalari yopildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

1 oktabrda o‘tgan referendum Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmagan. Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, referendum o‘tkazilishi vaqtida politsiya bilan to‘qnashuvlarda jabrlanganlar soni 761 nafarga yetdi. 

Politsiyaning xabar qilishicha, 2315 ta ovoz berish joyining katta qismi ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Bir qator saylov uchastkalarida hujjatlar tortib olingan, politsiya va referendum tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Shu bilan birga bir qator uchastkalarda ovoz berish bo‘lib o‘tgan. 

Kuzatuvchilarning aytishicha, politsiya "misli ko‘rilmagan zo‘ravonlik" namoyish qilgan. Kuzatuvchilardan birining ta'kidlashicha, politsiya keksalar, ayollar va bolalarni ham ayab o‘tirmagan.

Ispaniya ichki ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, huquq-tartibot idoralarining 12 xodimi jarohat olgan.

Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Kataloniya mustaqilligini 41 foiz aholi qo‘llab-quvvatlamoqda, 49 foizi qarshi chiqmoqda. 

Hammasi bo‘lib referendumda 5,3 mln fuqaro ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. 60 foiz kataloniyaliklarning fikricha, referendum noqonuniy hisoblanadi va biror-bir huquqiy oqibatga ega bo‘la olmaydi.

Mavzuga oid