Nobel mukofotining bu yilgi sohiblari shu hafta e'lon qilinadi

Foto: AP / Yves Logghe
2017 yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarining ismi-sharifi 2-9 oktabr kunlari e'lon qilinadi, deb xabar qilmoqda Nobel jamg‘armasi matbuot xizmati.
Haftalik Stokgolmdagi Karolin tibbiyot institutida joylashgan Nobel qo‘mitasida boshlanadi. Unda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha sovrindorlar ma'lum bo‘ladi.
3 va 4 oktabrda Shvetsiya qirollik akademiyasining Nobel qo‘mitasi kimyo va fizika yo‘nalishining g‘oliblari nomiga oydinlik kiritadi. Adabiyot bo‘yicha mukofot kimga berilishi 5 oktabrda e'lon qilinadi.
2016 yili adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga amerikalik shoir va kompozitor Bob Dilan munosib ko‘rilgan edi. Ammo mukofotni aynan Dilanga berish qarori Shvetsiyada turli fikrlarni keltirib chiqardi. Shundan so‘ng, Dilanning mukofotni rasman topshirish marosimiga kelmagani, Nobel laureati sifatida an'anaviy nutqini kechiktirgani bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
2017 yilgi Nobel mukofotlarining sovrindorlarini e'lon qilish 6 oktabr kuni Osloda davom etadi. Norvegiya Nobel qo‘mitasi shu kuni tinchlik mukofoti sohibini yoki sohiblarini e'lon qiladi. Bu yil unga 318 nafar kishi nomzoddir. Ulardan 215 kishi jismoniy shaxs, 103 tasi jamoat va xalqaro tashkilotlardir.
Nobel mukofotini topshirish haftaligi 9 oktabr kuni Stokgolmda Shvetsiya qirollik akademiyasi iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti kimgaa nasib etishini ma'lum qiladi. U 1968 yili Shvetsiya davlat banki tomonidan Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlab ta'sis etgan. Alfred Nobelning o‘zi 19-asr oxirida atigi 5 ta mukofotni vasiyat qilgan.
2017 yilgi har bir mukofot uchun beriladigan pul miqdori 9 million shved kronasini (1 mln AQSh dollari) tashkil etadi.
Ta'kidlash o‘rinliki, nomzodlar ro‘yxati 50 yil mobaynida sir saqlanadi va shu muddatdan keyin e'lon qilinishi mumkin. Mukofotlash 10 dekabr kuni Stokgolm va Osloda bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni shvetsiyalik ixtirochi, sanoatchi, tilshunos va faylasuf Alfred Nobel vfot etgan. O‘tgan yili umumiy hisobda AQSh, Yaponiya, Fransiya, Niderlandiya va Kolumbiyada ishlaydigaan 11 kishi Nobel mukofoti sohiblari bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
-
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
O‘zbekiston | 08:07
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
Mavzuga oid

18:10 / 16.10.2024
Demokratiyaning iqtisodiy qiymatini ochgan trio. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel kimlarga berildi?

19:03 / 15.10.2024
“Raqobat siyosati kerak” – Nobel mukofoti laureati O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida

16:05 / 11.10.2024
Tinchlik uchun Nobel mukofoti Hirosima va Nagasakidagi atom bombasidan omon qolganlarni birlashtirgan tashkilotga berildi

20:17 / 10.10.2024