Rossiyadan O‘zbekistonga pochta orqali 2550ta bo‘sh gilza yuborilgani aniqlandi
2008 yil 12 avgustda Jyenevada imzolangan Xalqaro pochta Konventsiyaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 18 aprelda 2219-son bilan ro‘yxatga olingan «Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish» Qoidalariga asosan pochta jo‘natmalari orqali o‘q-dorilar va giyohvandlik vositalarini jo‘natilishi taqiqlangan. Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmay pochta jo‘natmalari orqali bu turdagi mahsulotlarni yuborish holatlari ham ko‘zga tashlanmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari ana shunday bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi. Bu haqda Kun.uz'ga Toshkent shahar bojxona bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bergan.
Xususan, Toshkentda istiqomat qiluvchi B.Diyorov (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, ov qurollari uchun mo‘ljallangan salkam 9 kg. og‘irlikdagi 1250 dona bo‘sh gilza yuborilgani aniqlandi. Oradan 10 kun o‘tmay xuddi shu manzildan pochta jo‘natmasi orqali yana ushbu fuqaroga 9 kg.dan ortiq og‘irlikdagi 1300 dona bo‘sh gilza yuborilgan.
Shuningdek, ushbu postda pochta jo‘natmasi orqali giyohvandlik vositalarini jo‘natish holati ham fosh qilindi. Niderlandiyadan Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Q.Qayumov nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini ko‘zdan kechirish davomida bojxonachilar ushbu jo‘natmada 10 grammga yaqin marixuana va gashish narkotik moddalari yuborilgani aniqlandi. Amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish taqiqlangan.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning 8 oyi davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan 130ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 1 mlrd. 361 mln so‘m bo‘lgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti
Jamiyat | 18:17
-
Uslub eski, vazifa yangi: O‘zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:10
-
Vetnam 10 mingdan ortiq dron shousi bilan jahon rekordini o‘rnatdi
Jahon | 17:46
-
Qozog‘istonga Markaziy Osiyodagi eng kuchli superkompyuter keltirildi
Jahon | 17:45
Mavzuga oid

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025