11:16 / 02.10.2017
58213

Shoshiling! Humson Buloq sog‘lomlashtirish markazida chegirmalar mavsumi

Foto: Humson Buloq

Har kungi ishdan, kundalik yumushlardan charchadingizmi? Shovqin-suronli shahardan uzoqroqda toza havodan nafas olib dam olishni istaysizmi? Oilaviy yoki do‘stlar bilan maroqli hordiq olishnichi? Balki organizmning umumiy holatini yaxshilash vaqti kelgandir? Yoki surunkali kasallikni o‘z vaqtida davolash kerakdir?

U holda sizlarga tog‘ yon bag‘irlarida joylashgan sanatoriyalarda dam olishni tavsiya qilamiz. Yurtimizda bu kabi maskanlar talaygina. Bugun sizlar bilan Humson Buloq sanatoriyaviy-sog‘lomlashtirish markaziga sayohat qilamiz.

Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 

Humson Buloq - profilaktik-shifo muassasasi bo‘lib, bu yerda salomatlikni tiklab, dam olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Majmuada gidroterapevtik va fizioterapevtik amaliyotlarni o‘tkazish uchun zamonaviy yuqori texnologiyali GBO va RMS uskunalari o‘rnatilgan. Yurak-qon tomir tizimi, nafas olish organlari va boshqa kasalliklar bilan xastalangan bemorlar sanatoriyada  davo topishlari mumkin.

Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 

Nima uchun Humson Buloq?

Majmua 160 mehmonga mo‘ljallangan bo‘lib, 53 xona va 9 kottejdan iborat. Endi esa G‘arbiy Tyan-shanning go‘zal tog‘ hududida, Ugam daryosining yaqinida qad rostlagan sanatoriyaning ajralib turuvchi jihatlari bilan tanishamiz:

  • Ham davo, ham dam olish maskani
  • Yangi va zamonaviy jihozlar
  • Mazali menyu
  • Bepul tibbiy amaliyotlar
  • Hamyonbop narxlar
  • Rang-barang gammali musiqiy favvora
  • Ippoterapiya (ot minish) yo‘li bilan davolash usuli
Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 

Maxsus aksiya: Humson Buloq’da Baxmal mavsumi.

Barcha xonalarga yozgi narxlardan 40 % chegirma!

Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 

Mazkur narxlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Nonushta, tushlik, kechki tushlik va kechki ovqat;
  • Har kuni 2 shisha (0,5 l.) ichimlik suvlari;
  • Fizioterapiya va gidroterapiya amaliyotlari; 
  • Shifokor-mutaxassislar ko‘rigi;
  • Laboratoriya tahlillari;
  • Davolovchi massaj;
  • Trenajyor zal;
  • Yopiq va ochiq basseyn;
  • Fin saunasi;
  • Sartaroshlik xizmati;
  • Enaga xizmati (3 yoshdan oshgan bolalarga);
  • Bolalar o‘yin maydoni;
  • Futbol, basketbol, voleybol maydoni va tennis korti;
  • Yozgi kinoteatr va kinozalda filmlar tomoshasi;
  • Fito bar (shifobaxsh dorivor choylar, na'matak va kislorod ko‘pigi)
Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 
Foto: Humson Buloq 

Shuningdek, Humson Buloq’da turli seminar, trening va anjumanlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish imkoni mavjud.

Oilaviy dam olishni xush ko‘ruvchi mijozlarni hisobga olgan holda majmuada bolalar uchun alohida to‘lov shartlari belgilangan:

  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul (faqat bola onasi bilan birga bo‘lishi kerak)    
  • 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 50% to‘lov             
  • 10 yoshdan oshgan bolalarga 100% to‘lov.
Foto: Humson Buloq 

Sizda ham Humson Buloq sanatoriyaviy-sog‘lomlashtirish markazida dam olish istagi paydo bo‘ldimi?  Unday bo‘lsa darhol pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani hozirlab, salomatlik uchun zarur bo‘lgan zavqli ta'til tomon yo‘l oling.

Tel.: (71) 150-17-05 (ofis)
          (98) 125 51 27
          (98) 121 51 27

Reklama huquqi asosida

Top