Jahon | 13:10 / 02.10.2017
8845
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti radio orqali yo‘llardagi tirbandliklarni sharhladi

Foto: Ryonxap

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In radio orqali oddiy haydovchilarga yo‘llardagi vaziyat va tirbandliklarnii sharhlash bilan mamlakat aholisini lol qoldirdi. 

TBS-radiokanali saytidagi xabarga muvofiq, 2 oktabr kuni tongda ushbu radioni tinglayotgan fuqarolar prezident In ovozini eshitishgan. Prezident o‘zini tanishtirib: "Charchagan haydovchi uchun eng ishonchli xavfsizlik kamari bu dam olishdir. Agar siz charchagan bo‘lsangiz, buning uchun ajratilgan joyda dam oling va so‘ngra yo‘lingizda davom eting", - degan. Davlat rahbari, shuningdek, avtobus, taksi haydovchilari, poyezd mashinistlari va samolyotlar uchuvchilari, dengizdagi dengizchilarga salom yo‘llagan. 

Ayni vaqtda Janubiy Koreya yo‘llarida kuzgi Hosil bayrami munosabati bilan bir necha kilometrlik tirbandliklar yuzaga kelgan. 

Ekspertlarga ko‘ra, Mun Chje In haydovchilar uchun mo‘ljallangan eshittirishda chiqish qilib, xalqqa yaqinligini namoyish etishni xohlagan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid