Jizzaxda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Foto: nuz.uz
Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» poligonida oktabr oyining birinchi haftasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari va Rossiya Federatsiya harbiylari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Bugun, 2 oktabr kuni rossiyalik harbiylar uchgan samolyot Toshkentdagi harbiy aerodromga qo‘ngan. Ushbu tadbirni o‘tkazish tashabbusi ikki mamlakat rahbarlarining 4-5 aprel kunlari Moskva shahrida uchrashishi payti bildirilgandi. «Forish» poligonida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiya Qurolli kuchlarining harbiy ansambl artistlari ham tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘zida O‘zbekistonga Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Pokiston yuqori harbiy amaldorlari tashrif buyurgan edi.