18:50 / 03.10.2017
6049

BMT maxsus ma'ruzachisi Ombudsman, Oliy va Konstitutsion sud raislari bilan uchrashdi

Foto: BMT

3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev BMTning din va e'tiqod erkinligi haqidagi masalalar bo‘yicha maxsus dokladchisi Ahmad Shohid bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ombudsman delegatsiyaga mamlakatda inson huquqi va erkinliklarini ta'minlash borasida qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda milliy institutlarining roli va ahamiyati oshib borayotgani haqida atroflicha ma'lumot berdi. Ayniqsa, 2017 yilning avgustida qabul qilingan va Ombudsman faoliyatining tashkiliy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ma'lumot o‘rnida qabul qilindi.

Ombudsman fuqarolarning vidjon va e'tiqod erkinligini ta'minlash masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asnosida qayd etildiki, Konstitutsiya va qonunlar bu sohada qabul qilingan xalqaro qonun-qoidalarning asosiy talab va mohiyatlarini hisobga olgan, fuqarolarga vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar tuzish va ularda ishtirok etishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan barcha diniy tashkilotlar faoliyati uchun, e'tiqodlariga ko‘ra fuqarolarga diniy marosimlarni o‘tkazish uchun yagona shart-sharoitlar yaratilgan.

Ombudsman tomonidan fuqarolarning jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilish g‘oyatda muhim ekanligi haqidagi tezis ajratib ko‘rsatilgan. Bu tomonmala missionerlik faoliyati va ekstremistik mafkurani tarqatishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikka yo‘naltirilgan qonunchilik hujjatlarining dolzarbligi qayd etilgan.

Uchrashuv mobaynida tomonlar vijdon va e'tiqod erkinligi uchun inson huquqlarini ta'minlashda hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama etishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida BMTning din va e'tiqod erkinligi haqidagi masalalar bo‘yicha maxsus dokladchisi Ahmad Shohidning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi raisi B.Mirboboyev va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi K.Komilov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yuqori martabali mehmonni olqishlar ekan, B.Mirboboyev va K.Komilov 2017 yil O‘zbekistonda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilinganini qayd etishdi. Fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga ko‘tarilgan. Jumladan, 2016 yilning 28 dekabrida Prezidentning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan. Ushbu hujjatning ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari ochilgan va ularda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta'minlanishiga ko‘maklashilmoqda.

Mehmon O‘zbekiston fuqarolarning vijdon va e'tiqod erkinligiga nisabatan huquqlari ta'minlanishiga doir qo‘llanilayotgan choralar, bu sohadagi ijobiy tajribalar bilan tanishtirildi.

Top