Frantsuz olimi, tarixchisi va Fransiya kommunistik partiyasi a'zosi Jak Dyupake (Jacques Dupâquier) 1950-70-yillarda sobiq ittifoqqa uch marta sayohat qilgan, boshqa joylar bilan bir qatorda 1956 yilda O‘zbekistonga ham kelgan.
Keyinroq Fransiya ijtimoiy fanlar institut direktoriga intervyu bera turib, Jak Dyupake o‘z sayohatini shunday xotirlagan: «Moskvada bir necha kun bo‘lganimizdan keyin Toshkentga — O‘zbekiston poytaxtiga uchdik. Biz 3200 metrdan balandga ko‘tarila olmaydigan eski vintli samolyotlarda parvoz qildik va men nafas yutib soatlab sovet O‘rta Osiyosini tomosha qilib ketdim. Toshkent esa shahar markazida stalincha urfda loyihalangan yagona shoh ko‘chaga ega loydan qurilgan shahar ekan. Oradan 10 yil o‘tib, ularning barchasi vayron bo‘lgan (1966 yilgi zilzila nazarda tutilmoqda). Men shahar bo‘ylab ko‘p sayr qildim, bozorni tomosha qildim, yoping‘ich yopinib olgan ayollarga ko‘zim tushdi, masjidga kirdim, rasmiy shaxslar bilan uchrashdim, ularning har biriga rus kishisi hamrohlik qilar edi. Mendan ham ko‘ra ularni ko‘proq kuzatishayotgandek taassurot uyg‘onardi».
«Moskvadan Toshkentga parvoz qilayotgan chog‘imda illyuminator orqali ko‘plab suratlar oldim. Qandaydir pallada biz konslager uzra parvoz qila boshladik va styuardessa bu yerni suratga olish taqiqlanganini aytdi. So‘ngra u kabinaga qaytdi, men esa suratga olishni davom ettirdim, tarjimon yoki biror kishi menga monelik qilmadi».

Orol dengizi shimolidagi dashtlar

Orol dengizi shimolidagi dashtlar

Markaziy Osiyo cho‘li


Orol dengizi sohillari

























































