24 sentabr kuni bölib ötgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov 1 oktabrdan boşlab tijorat banklari tomonidan jismoniy şaxslarga naqd valyuta sotilişi boşlanişini ta'kidlagani haqida xabar berilgan edi.

Biroq, 3 oktabrga kelib ham bu iş amalga oşganiça yöq. Tijorat banklari jismoniy şaxslarga hamon valyutani konversion kartalarga ötkazib beriş yöli bilangina sotişmoqda.

Aholi naqd dollarni hamon «qora bozor»dan xarid qilmoqda. Garçi «qora bozor» avvalgidek emin-erkin faoliyat körsatmayotgan, sarroflar huquq-tartibot organlari tomonidan bot-bot ötkazilayotgan tadbirlardan vahimaga tuşib qolişgan bölsa-da, ular xorijiy valyutani juda ehtiyotkorlik bilan, sinalgan kişilargagina sotib kelişmoqda.

KUN.UZning aniqlik kiritişiça, ayni paytda Markaziy bank tomonidan bu borada ma'lum bir qaror işlab çiqilmoqda. Qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Yaqin kunlar içida bu borada qaror e'lon qilinadi. Ba'zi taxminlarga köra, naqd xorijiy valyuta sotuvi haqidagi qaror 10 oktabrdan işga tuşişi mumkin.