Las-Vegasda otishma uyushtirgan qotilga tegishli 40dan ortiq qurol topilgan

© REUTERS / Las Vegas Sun/Steve Marcus
Las-Vegasda otishma uyushtirib, 59 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Stiven Peddok 40dan ortiq quroldan foydalangan, degan politsiya vakili matbuot anjumanida.
«Biz Mandalay Bay mehmonxonasida 23ta o‘qotar qurol topdik, qotilning Nevada shtati Meskit shahridagi uyida yana 19ta qurol topilgan», — degan politsiya vakili.
Vakilning qo‘shimcha qilishicha, tergov hanuz 64 yoshli Peddokni yagona jinoyatchi deb hisoblaydi va uning bir o‘zi harakat qilgan, deb biladi.
«Biz ommaviy axborot vositalari orqali tarqalayotgan turli mish-mishlardan xabardormiz, lekin bu mish-mishlarni tasdiqlovchi birorta axborotga ega emasmiz», — degan politsiya zobiti.
Otishma Las-Vegas aeroporti va Mandalay Bay kazino-mehmonxonasi oralig‘ida bo‘lib o‘tayotgan musiqiy festival chog‘ida ro‘y bergan. O‘qlar mehmonxonaning 32-qavatidan turib uzilgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 59 kishi halok bo‘lgan, 500dan ziyod kishi jarohatlangan. O‘sha paytda ochiq osmon ostida o‘tayotgan konsertni o‘n minglab kishi tomosha qilib turgandi. Bu o‘qotar qurol bilan o‘ldirilgan insonlar soni bo‘yicha AQSh tarixidagi eng yirik qonli voqea bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor

10:18 / 31.03.2025