18:20 / 03.10.2017
16347

Putin va Saudiya Arabistoni qiroli uchrashuvining asosiy mavzulari ma'lum qilindi

AP Photo/Yoan Valat

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 oktabr kuni Moskvada Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud bilan Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrikadagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti rasmiy saytida ma'lum qilingan.

«Tomonlar xalqaro muammolar mavzusida o‘zaro fikr almashishi kutilmoqda. Alohida e'tibor Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi notinch vaziyatga qaratiladi. Muzokaralar yakunlarida qator qo‘shma hujjatlar imzolanadi», — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, uchrashuv chog‘ida Rossiya-Saudiya Arabistoni hamkorligini kelgusida yanada rivojlantirish masalalari muhokama etiladi, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Top