Telekanal vitse-prezidenti Las-Vegas fojiasi qurbonlarini haqoratlagani uchun ishdan ketdi
CBS telekompaniyasi rahbariyati vitse-prezident Heyli Geftman-Goldni Las-Vegasdagi ommaviy qotillik qurbonlarini haqoratlagani uchun ishdan bo‘shatdi. U qurbonlarni «respublikachi qurolsozlar»ga achinmasligi haqida aytgandi.
The Washington Post xabariga ko‘ra, Heyli Geftman-Gold Facebook’dagi sahifasida Las-Vegasdagi ommaviy qotillik vaqtida halok bo‘lgan «respublikachi qurolsozlar»ga achinmasligini bayon qilgandi. U shuningdek, respublikachilar qurol olib yurish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishidan umid qilmasligi, chunki ular «bolalarni o‘ldirishgan paytda» ham bunday qilmaganini qo‘shimcha qilgandi. Bu orqali u 2012 yilgi voqeaga ishora qilgandi. O‘shanda «Nensi Xuk» boshlang‘ich maktabida sodir bo‘lib, 28 o‘quvchi halok bo‘lgandi.
CBS telekompaniyasi Geftman-Goldning gaplarini nomaqbul deb atadi.
«Bu xodim bizning standartlarimizni buzdi. U endi biz bilan ishlamaydi», — deyilgan kompaniya bayonotida.
Geftman-Gold keyinroq bu posti uchun uzr so‘radi hamda hujum oqibatida halok bo‘lganlarning barchasini hayoti muhim bo‘lganini qayd etib o‘tdi.
1 oktabr kuni kechqurun Las-Vegasdagi musiqa festivali ishtirokchilari o‘qqa tutildi. Hujum oqibatida 59 kishi halok bo‘lib, 500dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
16:47 / 17.12.2024
AQSh maktabidagi otishmada o‘qituvchi va o‘quvchilar halok bo‘ldi
10:32 / 17.12.2024
Viskonsindagi maktabda yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi
23:52 / 26.11.2024