Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochiladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 oktabr kuni Toshkentda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjyenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi shakllanishini nihoyasiga yetkazish istiqbollari hamda bankning Toshkent shahrida vakolatxonasini ochilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha 5 yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi ishning borishi, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumi va «Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tatbiq etilmagan imkoniyatlar» konferensiyasida bankning ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025