Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti Ashxoboddagi turnir sovrindorlarini mukofotladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ashxobodda 17-27 sentabr kunlari mobaynida o‘tkazilgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda murabbiylarni mukofotladi.
Turkmaniston vakillari Ashxoboddagi turnirda jami 245ta medal olib birinchi bo‘ldi (89ta oltin, 70ta kumush va 86ta bronza).
Oltin medal olgan sportchilarga Toyota Camry GL Executive avtomobillari, kumush medal olganlarga 5000 dollar, bronza sohiblariga esa 3000 dollardan mukofot pullari topshirilgan.
Shuningdek, g‘olib sportchilarning murabbiylariga ham Toyota Camry GL Executive berilgan.
Turkmanistonlik sportchilar esa prezidentga oltin velosiped sovg‘a qilishgan. Davlat rahbari bu sovg‘ani o‘z muzeyida saqlashini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026