O‘zbekiston | 14:10 / 04.10.2017
63737
3 daqiqa o‘qiladi

2018–2021 yillarda quriladigan «Yoshlar» uylari rejasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo‘li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 sentabrda 753-sonli «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlash bilan ta'minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Yoshlar uylari saytining yozishicha, Qarorda qayd etilganidek, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilangan:

- shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;

- qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi:

ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 15 foiz;

ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz.

Quyida 2018–2021 yillarda qurilishi mo‘ljallangan «Yoshlar» uylarining rejasi keltirilgan.

Mavzuga oid