Bora Milutinovich o‘z vaqtida O‘zbekistonda ishlashga rozi bo‘lgandi
O‘zbekistonlik futbol jurnalisti, OFK sobiq xodimi Alisher Nikimbayev «Feysbuk»dagi sahifasida bundan uch yil oldingi parvozini yodga oldi.
«Bundan uch yil muqaddam o‘sha vaqtlardagi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va Bora Milutinovich uchrashuvini tashkillashtirish uchun Abu-Dabidan Dohaga uchib borgandim.
Bora O‘zbekiston terma jamoasida maslahatchi-murabbiy bo‘lib ishlashga tayyor turgandi, biroq kelishuv men, Qosimov yoki Boraga aloqador bo‘lmagan sabablar tufayli amalga oshmay qolgandi.
Aytgancha, Dohadan Abu-Dabiga qaytish uchun chiptani o‘z hisobimdan sotib olgandim. Bu oxirgi yillarda o‘zbek futbolida kim va qanday ishlagani haqida kichik bir asos edi», - deb yozgan Nikimbayev.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning noyabr oylarida Bora Milutinovich O‘zbekiston terma jamoasi maslahatchi murabbiyi bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinroq O‘FF rasmiy sayti o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga tayanib serbiyalik mutaxassis Bora Milutinovich O‘zbekiston milliy terma jamoasiga maslaxatchi murabbiy sifatida taklif etilgani va u bilan 2 oyga shartnoma tuzilgani haqida matbuotda paydo bo‘lgan xabarlarni rad etgandi.
«Terma jamoalar markazi bosh direktori Asqar Tolibjonovga ko‘ra, Militunovich bilan shartnoma imzolash rejada yo‘q. Terma jamoalar markazi direktorining aytishicha, serbiyalik murabbiy Bora Milutinovich o‘z xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini ko‘rish uchun Toshkentga kelgan», deb yozgandi O‘FF rasmiy sayti.
Mavzuga oid
17:05 / 15.11.2024
«166 daqiqa». Katanetsning eng katta xatosi haqida
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
17:51 / 14.11.2024
Osiyo kubogidagi alamli mag‘lubiyat uchun revansh olinadimi? Qatar – O‘zbekiston o‘yini oldidan
11:16 / 14.11.2024