20:50 / 04.10.2017
16382

Internet tezligini minglab marotaba oshiruvchi yangi usul taqdim qilindi

Eyndxoven texnika universiteti professori infraqizil nur yordamida ma'lumotlarni uzatishning yangi usulini taqdim qildi. Bu usul Wi-Fi yoki hattoki 5G’dan ham ancha samaraliroqdir.

Foto: Tom Kunen

Yangi tizimda ma'lumotlarni uzatishda infraqizil antennalar qo‘llanadi. Bu antennalar ko‘rinmas nurlarni ulangan qurilmalarga yo‘naltiradi. Bunday bog‘lanish tezligi soniyasiga 112 Gb ga yetishi mumkin. Bunda kanal qurilmalar o‘rtasida taqsimlanmay, har bir gadjyet bir xil tezlikda ishlaydi. Wi-Fi esa qurilmalar o‘rtasida taqsimlanadi va shu sababli uning tezligi pasayadi.

"Infraqizil" internet modeli nur manbai va qurilmaning o‘zidagi optik qabul qilgichdan iborat. Infraqizil nur manbai o‘zidan optik tolalar tutami va signalni qurilmaga aniq yo‘naltiruvchi linzani aks ettiradi. Smartfon yoki planshetda keng burchakli linza va optik signalni raqamlisiga aylantiruvchi fotodiodlardan iborat qabul qilgich o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Hozircha olimlar infraqizil nur bilan ma'lumotlarni orqaga uzatishning yo‘lini topa olmadilar. Buning uchun Wi-Fi qo‘llanadi. Biroq odatda qurilmalar qabul qilganidan ko‘ra kamroq ma'lumotlarni jo‘natishi sababli bu katta muammo bo‘lmasligi kerak, deb yozmoqda Spectrum sayti.

Wi-Fi IQ-nur manbai signalni aniq yo‘naltirishi uchun qurilmaning fazodagi o‘rnini aniqlash uchun qo‘llanadi. Agar foydalanuvchi xonani tark etsa, tizim avtomatik ravishda boshqa manbaga ulanadi. Hozircha ushbu ixtiro muallifi professor Tom Kunen ushbu texnologiyani ommaga chiqarish rejasi haqida hech narsa demayapti.

Top