Jahon | 09:00 / 04.10.2017
18671
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya qiroli Kataloniya referendumiga munosabat bildirdi

© AFP 2017 / Andres Kudacki

«Kataloniya Ispaniya tarkibida qoladi», deya ta'kidlagan mamlakat qiroli Felipe VI. Bu haqida RIA Novosti xabar bergan.

«Biz demokratik prinsiplarimizga rioya qilishimiz lozim. Shu tariqa, kelgusida yanada yaxshiroq bo‘luvchi Ispaniya tarkibida Kataloniya ham bo‘lishini istaymiz», — degan qirol millatga qilgan murojaati chog‘ida.

Qirolning fikricha, Kataloniya hokimiyatining referendum bilan bog‘liq xatti-harakatlari  noqonuniy.

«Biz Kataloniya Jyeneralitetining noqonuniy harakatlariga guvoh bo‘ldik», — degan qirol o‘z murojaatida.

Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmaydigan, o‘tkazilguniga qadar Konstitutsiyaviy sud tomonidan muzlatilgan referendum Kataloniyada o‘tgan yakshanba kuni tashkillashtirilgandi. Ba'zi bir saylov uchastkalarida politsiya va saylovchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan, har ikki tomondan jabrlanganlar bor.

Ispaniya hukumati Kataloniyadagi hokimiyatni norozilik namoyishlari chog‘ida jabrlanganlar haqida noxolis axborot tarqatayotganlikda ayblagan.

Mavzuga oid