Kataloniya generaliteti (hukumati) rahbari Karles Puchdemon BBC telekanaliga bergan intervyusida yaqin kunlarda muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilishini bildirdi.
Puchdemonning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «shu hafta oxirida yoki kelasi hafta boshida harakatini boshlaydi».
U Ispaniyaning Kataloniya hukumati ustidan nazoratni qo‘lga olishga urinishi ehtimolini sharhlar ekan, jyeneralitet rahbari bu ish «hammasini o‘zgartirib yuboradigan xato» bo‘lishini aytdi.
Kataloniya mustaqilligiga doir referendum 1 oktabrda bo‘lib o‘tdi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 90 foiz saylovchi mintaqaning Ispaniyadan ajralishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, Ispaniya qiroli Filipp VI referendum natijasini tan olmagan edi.











