Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRdan kelgan mehnat migrantlari ommaviy ravishda Xitoyni tark etishmoqda
Foto: Yonhap
12 sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Shimoliy Koreya fuqarolarining vizasini ortiqcha cho‘zmaslik haqida farmoyish berdi.
Xitoyda mehnat qilayotgan shimoliy koreyalik ishchilar BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalari tufayli vizani uzaytirish qoidalari qat'iylashtirilishi sababli ommaviy ravishda o‘z vatanlariga qaytishmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
Xitoyliklarning mehnat migrantlariga nisbatan siyosati qat'iylashishiga BMTning KXDRga nisbatan joriy etgan sanksiyalar sabab bo‘lgan.
— 2017 yilning birinchi yarmida KXDR bilan chegara yaqinidagi Dandun shahrida Shimoliy Koreyaning kamida 20 ming fuqarosi mehnat qilgan. Ayni paytda Xitoy sanksiyalarni qat'iylashtirgach, ularning soni sezilarli tarzda qisqargan, — deyiladi xabarda.
11 sentabr kuni BMT xavfsizlik kengashi KXDRga nisbatan sanksiyalarni qat'iylashtirish haqida rezolyutsiya qabul qildi. Xususan, Shimoliy Koreyaga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishga nisbatan cheklovlar joriy etilgan. Bundan tashqari, Pyongyangga tekstil mahsulotlarini sotish, kondensat va gazkondensatli suyuqliklar xarid qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
14:51 / 02.01.2026
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi kaltaklab o‘ldirilgani aytilmoqda. O‘zbekiston nota yubordi
09:54 / 30.12.2025
Polshada mushkul ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025