11:00 / 04.10.2017
12702

Qozog‘iston shimolida yuz bergan avtohalokatda yetti kishi qurbon bo‘ldi

Foto: 14.mvd.rf

Qozog‘iston shimolidagi Aqmo‘la oblastida yuz bergan avtohalokat natijasiga yetti kishi, jumladan ikki nafar yosh bola qurbon bo‘lgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti oblastning favqulodda holatlar bo‘yicha departamenti matbuot xizmatiga asoslanib.

Ikki yengil avtomobilning to‘qnashuvi seshanba kuni kechqurun Olmaota – Yekaterinburg yo‘lining Marinovka qishlog‘idan o‘tgan qismida ro‘y bergan.

«Yetti kishi nobud bo‘ldi, ularning ikki nafari bolalar», — degan agentlik suxbatdoshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat natidasida turli jarohatlar olgan yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Top