Mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda uning mulki olib qo‘yilmaydi
4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning kun tartibiga 8 ta masala kiritilib, senatorlar dastlab “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017 yil 5 sentabr) ratifikatsiya qilishdi.
Shundan so‘ng, Senat a'zolari “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni muhokama qilishdi va yakdillik bilan tasdiqlashdi.
Mazkur qonunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi, O‘zbekiston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi tashkil etilganligi tufayli yangi qonun bilan qator qonunchilik hujjatlari, xususan, 9 kodeks, o‘nga yaqin qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.
Bundan tashqari, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlashni kuchaytirish belgilangan. Unda xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk obektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, jinoyat quroli yoki ma'muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan.
Ushbu vazifada belgilangan yangi talablar Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 27-moddasiga kiritilishi Qonun bilan belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
-
Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

10:04 / 12.05.2025
“Mono-markazlarda o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan ta’minlanmagan” – deputat

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025