09:45 / 04.10.2017
7491

Politsiya: «Las-Vegas mergani»ning 47 dona o‘qotar quroli bo‘lgan

© REUTERS / Las Vegas Sun/Steve Marcus

Las Vegas sherifi o‘rinbosari Kevin Makmexillning bayonot berishicha, 1 oktabr kuni odamlarni o‘qqa tutgan Stiven Peddokning 47 dona quroli bo‘lgan. Makmexill CBS telekanali efirga uzatgan matbuot anjumani chog‘ida shu haqda ma'lum qildi

Poltsiya ma'lumotiga ko‘ra, qurollar uchta turli joylarda topilgan. Peddok o‘q uzgan mehmonxona xonasi va uyi shu jumladan. Qurollar AQShning 4 shtatidan xarid qiliingan. Politsiyachilarning aniqlik kiritishicha, Peddok qurollarni tezotar qurollarga aylantirgan. 

Bundan tashqari, politsiyaning hikoya qilishicha, hujum qiluvchi otishma boshlanganidan 11 daqiqa o‘tgach halok bo‘lgan. 

«Otishma haqidagi ilk qo‘ng‘iroq yakshanba kuni 22.08 da kelib tushdi. Gumonlanuvchi 22.19 da o‘lgan edi», — degan Makmexill.

Mavzu
Las-Vegasdagi otishma

1 oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochildi. Jinoyatchi «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan.

Barchasi
Mavzuga oid
Top