16:20 / 04.10.2017
64469

«O‘zbekoziqovqatxolding» dehqon va fermerlar uchun moshning xarid narxini e'lon qildi

Joriy yilda eksport salohiyatini oshirish maqsadida takroriy ekindan olinadigan mosh mahsuloti eksportini tizimli tashkil etish, istiqbolli tashqi bozorlarga chiqish, mahsulot eksport mavqeini ko‘tarish maqsadida «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi «O‘zagroeksport» AJ fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan moshni xarid qilishni boshlayotganini e'lon qiladi.

Xarid qilinishi mo‘ljallanayotgan mosh quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

tozaligi - ≥ 99%;

namligi - ≤ 11%;

ifloslanganlik darajasi (tosh, begona jismlar) - ≤ 1%;

o‘xshashligi (rangi bo‘yicha bir xil yashilligi) - ≥ 98%;

qadoqlanishi - 25-50 kilogrammlik qoplar.

Ushbu talablarga javob beradigan mosh mahsuloti quyidagi narxlarda xarid qilinadi:

1-kategoriya (2,5-3 mm) – 3000 so‘m/kg;

2-kategoriya (3-3,5 mm) – 3500 so‘m/kg;

3-kategoriya (3,5 mmdan katta) – 4000 so‘m/kg.

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi siz bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor», deyiladi dehqonlar va fermerlar uchun murojaatda.

Murojaat uchun telefon: +99871 255 46 45

Elektron manzil: marketing@uzagroexport.uz

Mavzuga oid
Top