Davlat va iste'molchilar manfaatlariga katta zarar yetkazgan elektr idorasi rahbari jazoga tortildi
SVOJJDLQK departamentining Shahrisabz tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida tuman elektr tarmoqlari korxonasida qonun talablari qanday bajarilayotganligi o‘rganildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Ma'lum bo‘lishicha, korxona mansabdor shaxslari B.Allayorov va boshqalar o‘z mansab vakolatlarini suiste'mol qilib, 2016 yilning 1 yanvar holatida jami 1 milliard 859 million 664,8 ming so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdan 1 milliard 730 million 397,8 ming so‘mining to‘lov muddati o‘tkazib yuborilishiga yo‘l qo‘yishgan ekan.
Bundan tashqari, 2015 yilda debitor qarzdorligi bo‘lishiga qaramasdan, mavjud tartibga ko‘ra tarmoqdan ajratilishi ko‘zda tutilgan 15 ta yuridik shaxsga 37 million 843,9 ming so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy yetkazib berilgan. Shu davrda yuridik va jismoniy shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishda juda katta miqdorda noreal (tasdiqlanmagan) qarzdorlikka yo‘l qo‘yilgan. Bunday harakatlar o‘z-o‘zidan iste'molchilarning haqli e'tirozlariga sabab bo‘lishi tabiiy.
Mazkur holat yuzasidan departamentning tuman bo‘limi tomonidan korxona rahbari B.Allayorovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.
Mavzuga oid
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024