Google iPhone telefonining jiddiy raqobatchisini taqdim etdi
Amerikaning Google korporatsiyasi San-Frantsisko shahrida o‘zining yangi elektron jihozlarining taqdimotini o‘tkazdi. Pixel 2 smartfoni, noutbuk va ovozkuchaytirgichlar namoyishi YouTube sahifasida jonli efirga uzatildi.
Smartfonlar 2 xil ko‘rinishda – 5 dyuym ekranli Pixel 2 va 6 dyuym ekranli Pixel XL 2 ishlab chiqilgan. Ikkala smartfon 12,2 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Old kamerasi o‘lchami 8 megapikseldir. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, qurilmalar korpusi suv o‘tkazmaydi. Shuningdek, Pixel 2 bozordagi eng yaxshi kameraga ega qurilmaga aylandi.
Pixel 2 va Pixel XL 2 Snapdragon 835 protsessori va 4 gigabayt operativ xotiraga ega. Umumiy xotirasi ikki xil bo‘lib, hajmi 64 va 128 gigabayt. Sohaning obro‘li OAVga ko‘ra, yangi smartfon iPhone telefonlariga raqobat qiladi.
Google xodimlari taqdimot marosimida boshqa yangi mhsulotlarni ham namoyish etishdi. Ulardan biri Chromebook noutbugining yangilangan namunasidir. U Pixelbook deb nomlangan. Bundan tashqari, Google Home Mini simsiz dinamik ham shular jumlasidan.
Quyida taqdim etilgan elektron jihozlarning xususiyatlari haqida qisqacha:
Google Home Mini

• Mitti yordamchi dinamik;
• Deyarli butunlay mato bilan qoplangan;
• Uch xil rang: qizil, qora va kulrangda ishlab chiqiladi;
• Narxi 49 dollar.
Google Home Max

• «Premium» musiqa kolonkasini ovozda boshqarish;
• 2 ta quyi va 2 ta yuqori chastotali dinamikka ega;
• Atrofni aniqlay oladi va tovushni shunga moslashtira oladi;
• Bir nechta max-kolonka alohida saund-tizimini tashkil etishi mumkin;
• Narxi 399 dollarov.
Yangi Google Pixelbook

• O‘zgaruvchan ultrabuk Chrome OS negizida ishlab chiqilgan va Google Assistant dasturini qo‘llab-quvvatlaydi;
• Vazni 10 mm qalinlikda atigi 1 kilogrammni tashkil etadi;
• Bir marta quvvatlangach 10 soatgacha ishlaydi;
• Intel Core (i5 yoki i7) protsessori, 16 Gb operativ va 512 Gb ichki xotiraga ega. Shuningdek, USB-C port va quloqchin uchun alohida tirqish;
• Pixelbook Pen stilusi bilan ishlash mumkin;
• 999 dollar turadi.
Google Pixel Buds simsiz quloqchini

• Simsiz quloqchinlar;
• Ovozli Google Assistant yordamchisiga mos keladi (Pixel smartfoni bilan birga);
• Suhbatdosh so‘zlarini 40 tildan tarjima qila oladi — 1600 ga yaqin so‘z birikmasi bor;
• Narxi 159 dollar.
Google Clips

• Sun'iy aqlli mitti kamera;
• Smartfonda suratlarni avtomatik ravishda olish mumkin;
• Umuman «yangi turdagi kamera»;
• 249 dollardan sotiladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londonda TIV rahbarlari darajasida Ukraina bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi
Jahon | 14:24
-
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
Sport | 14:01
-
Putinga taklif bilan chiqqan Zelenskiy, Trampning ilk xorijiy safari va MI6’ni boshqaradigan ilk ayol rahbar – kun dayjesti
Jahon | 13:53
-
O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi
O‘zbekiston | 13:51
Mavzuga oid

13:18
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

23:07 / 17.04.2025