Kolxoz raisligidan prezidentlikkacha. Imomali Rahmon 65 yoshda
Tojikistonning uchinchi prezidenti Imomali Rahmon bugun 65 yoshni qarshilamoqda. U 1994 yilning 16 noyabridan beri qo‘shni davlat rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. «Millat peshvosi» titutiga ega. To‘liq tituli «Tinchlik va milliy birlik asoschisi — Millat peshvosi» sifatida yangraydi.

Imomali Rahmon hozirgi Xatlon viloyati Dang‘ara qishlog‘ida 1952 yilning 5 oktabrida tavallud topgan. Oilada uchinchi o‘g‘il bo‘lgan Imomali o‘rta maktabni tugatgach, Qo‘rg‘ontepadagi yog‘ zavodida elektrchi bo‘lib ishlagan. 1971 yildan 1974 yilgacha Tinch Okeani flotida matros bo‘lib xizmat qilgan, xizmatdan so‘ng yana zavodga qaytgan, keyinroq sotuvchi bo‘lib ishlagan.

1982 yilda Imomali Rahmonov Dushanbe davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
1976 yildan 1988 yilgacha Ko‘lob viloyati Dang‘ara tumanidagi kolxozlardan birida kasaba uyushmasi raisi sifatida ishlagan, so‘ngra kommunistik partiyaning turli organlarida lavozimga ega bo‘lgan. 1988 yilning iyunida Imomali Rahmonov Dang‘ara tumanidagi Lenin nomli sovxoz direktori etib tayinlanadi va shu lavozimda 1992 yilgacha faoliyat yuritadi.
1992 yilda Rahmonov Tojikiston SSR 12-chaqiriq Oliy Soveti deputati etib saylanadi. 1992 yilning 2 noyabridan 19 nobyariga qadar Ko‘lob viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlaydi. 1992 yil 27 noyabridan 1994 yil 16 noyabriga qadar Tojikiston Oliy Kengashini raisi. 1994 yil 16 noyabridan Tojikiston prezidenti lavozimida o‘zgarmasdan ishlab kelmoqda.
1994 yilda Tojikistonda yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum va prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan va unda Imomali Rahmonov 58,7 foiz ovoz to‘plab, g‘olib chiqqan (yangi konstitutsiya uchun 95,7 foiz saylovchi yoqlab ovoz bergan).
2007 yilning 21 marti kuni Imomali Rahmonov tojik ziyolilari vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda chiqish qila turib, «madaniy qadriyatlarga qaytish, milliy toponimikadlan foydalanish zaruriyati» haqida so‘z ochadi. Xususan, u o‘z ism-familiyasini o‘zgartirishga qaror qiladi, o‘zini Imomali Rahmonov emas, bundan keyin Imomali Rahmon deb atashlari taklif etadi.

Imomali Rahmonning 9 nafar farzandi bor: yetti qizi (Feruza, Ozoda, Ruxshona, Taxmina, Parvina, Zarrina va Farzona) va ikki o‘g‘li (Rustam va Somon).

U Tojikiston va xorijiy davlatlarning bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan. «Tojikiston qahramoni» unvoniga ega.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 22:43
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
Mavzuga oid

17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi

20:20 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi

12:58 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi «tarixiy shartnoma» imzolandi

11:37 / 31.03.2025