Jahon | 09:00 / 05.10.2017
10502
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy dovullar oqibatlarini bartaraf etish uchun 29 mlrd. dollar talab qildi

Foto: Reuters

Oq uy chorshanba kuni Kongressga bu yil Amerika Qo‘shma Shtatlariga yopirilgan Harvey, Irma va Mariya dovullari tufayli jabr ko‘rgan hududlarga yordam berish uchun federal byudjyetdan 29 milliarddan ko‘proq mablag‘ ajratish uchun rasmiy talabnoma jo‘natdi. Bu haqda prezident Donald Trampning ma'muriyati vakili xabar qilgan.

"Ha, biz falokatdan so‘ng yordam berish fondiga 12,77 milliard dollar, suv toshqinidan jabrlanganlarga sug‘urta pullarini to‘lash uchun 16 milliard dollar va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashni moliyalashtirish uchun 577 million dollar talab qildik", - degan u.

Jami 29 milliard dollardan 16 milliardi suv toshqini oqibatida uylaridan ayrilgan davlat dasturi ishtirokchilarga sug‘urta pullarini to‘lab berishga ketadi. Endilikda ular davlatdan pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega, ammo hozirda dasturni amalga oshirish uchun ajratilgan byudjyet deyarli tugadi.

Qolgan 13 milliard dollar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bilan bevosita shug‘ullanuvchi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal boshqarmaga mo‘ljallangan.

Biroq, bu 29 milliard dollar federal byudjyetdan jabrlanganlarga yordam berishga yo‘naltirilgan so‘nggi transh emas. Oq uydan qayd etishganidek, bu yil o‘nlab milliard dollar, asosan, turar-joy binolarini tiklash uchun talab qilinadi. Bundan tashqari, Puerto-Rikoda butun elektr tarmog‘ini qayta tiklash lozim.

"Harvey" dovulidan Texas birinchi o‘rinda sezilarli darajada ziyon ko‘rdi. "Irma" va "Mariya" esa Karib mintaqasi bo‘ylab zarba berib, Florida qirg‘oqlariga ham zarar yetkazdi.

Mavzuga oid